
Kasb-hunar maktabida 15-iyun kuni o’quvchi yoshlar o’rtasida jinoyatchilik, o’z joniga qasd qilishni oldini olish maqsadida psixolog M.Sheraliyeva tomonidan seminar-terning o’tkazildi. Seminar-terningda direktor o’rinbosarlari, psixolog, guruh rahbarlari, pedagog-xodimlar, jami 25 nafar xodimlar ishtirok etdi. Seminar-terningda viloyat boshqarmasi tomonidan yuborilgan “O’smirlar o’rtasidagi suitsid muammosi” va “Oilada, ta’lim muassasasida o’quvchini shaxsini shakllantirish jarayonida, huquqbuzarlikni oldini olishda kasb-hunar ta’lim muassasalari va ijtimoiy-psixologik xizmatning roli” slaydlardan foydalanildi.