
Joriy yilning 16 may sanasida Sardoba tumani kasb-hunar maktabi tomonidan 2022-2023 o’quv yiliga qabul jarayonlariga targ’ibot qilish maqsadida tumandagi 6 va 21-sonli umumta’lim maktablarida ko’chma mahorat mashg’ulotlari olib borildi. Tadbirda maktablarning 134 nafar 9-sinf bitiruvchilari ishtirok etishib o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi va kasb-hunar maktabida o’qish istagi bor o’quvchilar ro’yxati shakllantirildi.