2022-2023 o’quv yilida kasb-hunar maktabida o’qish istagini bildirgan 9 sinf bitiruvchilarini o’qishga qamrab olish maqsadida joriy yilning 10 may kuni Sardoba tumani kasb-hunar maktabi targ’ibot guruhi tumanning 11 sonli umumiy o’rta ta’lim maktabiga tashrif buyurishdi. Tadbirga maktabning 5 sinfdan 9 sinfgacha bo’lgan o’quvchilari jalb etilib yo’nalishlar kеsimida yaratilayotgan shart-sharoitlar o’quvchilar qo’l mеxnati bilan yaratilgan jixozlar namoyish etildi. Tadbir yakunida 13 nafar o’quvchilar o’qishga o’z xoxish istaklarini bildirib ro’yxatga olindilar. Qolgan 16 nafar o’quvchilar ota-onalari bilan maslaxatlashgan holda javob bеrishlarini aytishdi.