
Sardoba tuman kasb-hunar maktabida ochiq eshiklar kuni o’tkazildi. Tumandagi maktablarning 9-sinf bitiruvchilari ishtirok etishdi, o’quvchilarga kasb-hunar maktabining yo’nalishlari haqida ma’lumot berildi hamda o’quv xonalari va dars jarayonlari bilan tanishtirildi.