«World skills Sirdaryo» Yosh kasb egalari tanlovi.

2021 yil 24-dekabr Guliston shahri monomarkazida o’tkaziladigan “Yangi  O‘zbekiston yoshlar  forumi-2021” doirasida «World skills Sirdaryo» Yosh kasb egalari tanlovida “Payvandchilik”, “Sartaroshlik” va “Tikuvchilik” yo’nalishlari bo’yicha kasb-hunar maktabida o’quvchilar tomonidan tayyorlangan ko’rgazmalar bilan hamda tayyorlanish jarayonlari bilan ishtirok etishdi. “Yangi O’zbеkiston Yoshlari Forumi -2021″da Sardoba kasb-hunar maktabi o’quvchi yoshlari faol ishtirok etib «Tikuvchilik yo’nalishi bo’yicha Shodmonqulova Madina 1-o’rin, “Oshpazlik” yo’nalishi bo’yicha Sh.Abduazimova 3-o’rin,  “Xunarmandchilik” yo’nalishi bo’yicha D.Murodimova 3-o’rin, “Sartaroshlik” yo’nalishi bo’yicha «Faol ishtiroki uchun» S.Qurbonovalar ishtirok etib hududiy boshqarmaning diplom va estalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan