Joriy yilning 14 dekabr kuni Paxtaobod jomе masjidi imom xatibi A.Xojiеv, tuman hokimligi vakili Sh.Po’latovlar bilan hamkorlikda Sardoba tuman kasb-hunar maktabi o’quvchilari bilan «Jaholatga qarshi maʼrifat» mavzusi yuzasidan davra suhbati oʻtkazildi. Suhbat davomida Shukronalik, yoshlarning yot gʻoyalar taʼsiriga tushib qolishini oldini olish va ommaviy madaniyatning salbiy oqibatlari hamda boshqa dolzarb mavzular yuzasidan tushunchalar berib oʻtildi. Suhbatda ishtirok etgan o’quvchilarning qiziqtirgan savollariga javoblar berildi. Suhbatda 110 nafar o’quvchilar ishtirok etdi.